Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi. Baxt mahallasida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Qadrdonlar ko‘chasining yo‘l holatini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi. 👤 Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining 64-ds-306-26-son deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 🏗 Deputat Mamirov Odilboy Norbayevichning deputatlik so‘rovi asosida Qadrdonlar ko‘chasida yo‘lni tartibga keltirish va asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. ✅ Natijada aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratilmoqda.