Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi hamda doimiy komissiya raislari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda qizgʻin muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida xalq deputatlari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish, mahalliy byudjet ijrosi, shuningdek, tarmoqlar faoliyatiga oid masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.
Muhokama markazida quyidagi yoʻnalishlar boʻldi:
Sessiya muhokamasiga olib chiqiladigan masalalarning hayotiyligi va dolzarbligi;
Masʼul idora va tashkilot rahbarlarining hisobotlarini tanqidiy-tahliliy ruhda tayyorlash;
Qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini taʼminlashda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish.
Sessiya oldidan har bir masala chuqur oʻrganilib, aniq takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda ularni sessiya muhokamasiga kiritish boʻyicha tegishli qaror qabul qilindi.