Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyatida haftaning ilk ish kunida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida videokonferensiya aloqa tizimi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
🇺🇿 Yig‘ilish Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov tomonidan olib borildi.
📊 Yig‘ilishda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, qabul qilingan qarorlar ijrosi hamda Kengashlar faoliyati natijadorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
✍️ Xususan:
✅ Deputatlar tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan amaliy choralar natijadorligi;
✅ Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kun tartibidagi masalalarni sifatli shakllantirish va sessiyalarni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish;
✅ Kengash qarorlari bilan ishlash, hujjatlarni qonunchilik talablari asosida to‘g‘ri va to‘liq yuritish, qabul qilingan qarorlar ijrosi hamda ularning natijadorligini deputatlar va kotibiyatlar tomonidan muntazam o‘rganib borish;
✅ Kengash kotibiyatlari faoliyati uchun malakali kadrlarni tanlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda kadrlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish;
✅ Deputatlar va Kengashlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng va xolis yoritish, axborot siyosati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
⚡️ Muhokamalar yakunida mavjud holat tanqidiy-tahliliy ruhda baholanib, ayrim yo‘nalishlarda to‘liq yakunlanmagan ishlar ko‘rib chiqildi. Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda Kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.