Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, deputat Dilorom Safarova tumanimizdagi mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish va hududlarni toza saqlash ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
Mahalla va ko‘chalartozaligi: Aholi yashash punktlari, ichki yo‘llar hamda mavze hududlarining sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.
Chiqindilarni boshqarish tizimi: Chiqindi yig‘ish punktlarining holati, maxsus texnikalarning grafigi va xizmat ko‘rsatish sifati masalalari mas’ullar bilan muhokama qilindi.
Aholi murojaatlari: Fuqarolar bilan dildan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan ekologik va kommunal muammolar tinglandi, joyida hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.