Uzun tumanidagi "Yangi kuch" mahallasida tashkil etilayotgan ekobog‘ faoliyati Senat a’zosi va viloyat deputatlari e’tiborida
Oliy Majlis Senati a’zosi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilbar Suvonova hamda viloyat Kengashi deputati Muyassar Qodirovalar xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bilan hamkorlikda tumanidagi "Yangi kuch" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.
Tadbir davomida deputatlar va tuman Kengashi kotibiyati mas’ullari mahalla guzarini ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, ular ushbu mahallada tashkil etilayotgan ekobog‘ faoliyati bilan yaqindan tanishib, hududni ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi uchun qulay yashil hududlarni barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati