OILAVIY MASALA ATROFLICHA O‘RGANILDI
25-saylov okrugi depuati I. Qahhtarova tomonidan fuarqolarning oilaviy masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida oilada yuzaga kelgan muammoli vaziyatning sabablari, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar hamda mavjud masalani ijobiy hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Fuqaro bilan batafsil suhbat o‘tkazilib, uning murojaati tinglandi
Shuningdek, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Deputat tomonidan oilaviy masalani hal etishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda murojaat bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi. Shuningdek, zarur hollarda masalaga aloqador mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish va murojaatning yechimini nazoratga olishga kelishib olindi.