YOSHLAR BANDLIGI MASALASI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N. Dedaxanova tomonidan Islomobod mahallasi yoshlar yetakchisi bilan yoshlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida mahalladagi ishsiz va bandligi ta’minlanmagan yoshlar holati, ularni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi, ularning qiziqish va qobiliyatlariga mos yo‘nalishlarni aniqlash hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha ishlarni tizimli davom ettirish belgilab olindi.