Yoshlar kelajagi – e'tiborda: Uzun tumanida "Payshanba – yoshlar kuni" doirasida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ta'lim olishi va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil davom etmoqda. Xususan, "Payshanba – yoshlar kuni" munosabti bilan Uzun tumanida yoshlarning bilim olishga bo'lgan qiziqishini oshirishga bag'ishlangan navbatdagi targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Ilm-fan va kelajak sari muhim qadam
Mazkur tadbir doirasida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova tumanimizdagi umumiy o'rta ta'lim maktablaridan biriga tashrif buyurib, yoshlar va bitiruvchi o'quvchilar bilan samimiy muloqot o'tkazdi.
Uchrashuv davomida Dilorom Safarova bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi, chet tillarini puxta o'zlashtirishi hamda sifatli ta'lim olishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha to'xtalib o'tdi.