Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
O‘zbek Tili: Ma’naviy Tayanch, Taraqqiyot Mezon va Zamonaviy Islohotlar
янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Deputat, doimiy komissiya raisi Azamjon Kamolov Uzun tumanida qurilayotgan "Afro House" turar-joy majmuasi jarayonini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova aholi xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasi" shiori ostida: Deputat Safargul Normurdovna Yangi yo'l mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova tomonidan tashkilotlarda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
“To‘xlimergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmonov tomonidan “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Qabul jarayonida “To‘xlimergan” MFY, Xamza Umarov ko‘chasi 23-uyda yashovchi fuqaro Melqo‘ziyev Azizjon tomonidan xonadonini ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan fuqaro Melqo‘ziyev Azizjonning turmush o‘rtog‘i bilan ham suhbatlashilib, oilaning mavjud sharoiti va xonadonni ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyoji atroflicha o‘rganildi.

Deputat tomonidan murojaat batafsil ko‘rib chiqilib, uni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda imkoniyatlardan kelib chiqqan holda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6