Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
O‘zbek Tili: Ma’naviy Tayanch, Taraqqiyot Mezon va Zamonaviy Islohotlar
янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Deputat, doimiy komissiya raisi Azamjon Kamolov Uzun tumanida qurilayotgan "Afro House" turar-joy majmuasi jarayonini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova aholi xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasi" shiori ostida: Deputat Safargul Normurdovna Yangi yo'l mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova tomonidan tashkilotlarda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
Kengash_faoliyati

25-Qaldirg'och saylov okrugi deputati Alisher Pardayev okrugiga qarashli mahallalarda nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi

Mazkur jarayonlarda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi E.Jurayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Prdayev, tuman Kengashi deputati I.Xalmatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov, mahalla faollari ishtirok etdi. mazkur hududda bo‘lib, olib borilayotgan asfaltlash ishlarini yaqindan ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, Tangimush temir yo‘l stansiyasida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yuk tashish uchun yangidan ochilgan temir yo‘l izlari bilan tanishdi.

Mas’ul idoralarga stansiyada fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha shaxsan tuman hokimining o’zi shug’lanishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni egallashi uchun Obikor mahallasida yangi “IbratEdu” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishildi.

E’tiborlisi, markaz tashabbuskori Xusanova Fazilat davlatimiz yaratib berayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasining “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘m ssuda olib, ushbu zamonaviy ta’lim maskanini tashkil etgan.

Mazkur ishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilashga borasidagi ishlar deputatlar nazoratiga olindi.

Slide 1 of 9