Deputatning murojaatlar daftariga qayd etilgan murojaat asosida Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov hamda bosh mutaxassis T.Gulmatovlar “Yangi avlod” mahallasida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, murojaatda ko‘rsatilgan masalalarning haqiqiy holati va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Xususan, “Oq oltin” ko‘chasida asfalt qoplamasini yotqizish bo‘yicha murojaat joyida o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli ma’lumotlar to‘plandi. Muammoni bartaraf etish va aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.