Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-avgustdagi O‘RQ-633-son Qonuni odam savdosining oldini olish, unga qarshi kurashish, ushbu jinoyatdan jabrlangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🏛 Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari mazkur qonun ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi, mas’ul tashkilotlar faoliyatini o‘rganadi, aholining huquqiy ongi va xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashadi.
🤝 Odam savdosiga qarshi kurashish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlash barchamizning muhim vazifamizdir.