Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan kengash deputatining okruglarida olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganildi.
Deputat M.Nematovning mahalla bilan yo‘lga qo‘ygan amaliy hamkorlik aloqalari, fuqarolar murojaatlarini hamkorlikda hal etish va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi 4-yo‘nalish doirasida Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari tahlil qilindi.
Mahalla ma’sullariga bilan suhbat davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.