Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati Q.Nurjanov tomonidan "Jayhun" mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida mahalla raisi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (№O‘RQ-350, 22.04.2013-y.) ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
📋 Xususan:
✅ fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
✅ aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi;
✅ kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash choralari;
✅ mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
📝 Shuningdek, mahalla raisi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan bildirilgan takliflar deputatlik nazoratiga olindi.