#Huquqiy_axborot_soati
IJTIMOIY HIMOYANI YANADA KUCHAYTIRISH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF–258-son Farmoni bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
Mazkur Farmon aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, davlat xizmatlarining manzilliligini oshirish hamda yordam mexanizmlarini yanada shaffof va samarali tashkil etishga qaratilgan.
✅ Davlat ijtimoiy yordamlarini ajratishda adolat va manzillilik tamoyillarini kuchaytirish;
✅ Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish;
✅ Ehtiyojmand oilalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
✅ Aholining ijtimoiy himoyaga oid xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
✅ Fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash ustuvor yo‘nalish etib belgilandi.
🤝 Ushbu Farmon orqali davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va xizmatlar yanada samarali tashkil etilib, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi boshlanmoqda.