Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi.

Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi.

                                                      

🔘O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2025-yil 14-apreldagi KQ-35-V-sonli “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirishga oid qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 5-Qarashiq saylov okrugi deputati D.Yodgorova tomonidan mahalla hududida o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔘Saylovchilar bilan uchrashuv davomida "Qarashiq" mahallasi, Shodlik ko‘chasi aholisi tomonidan ko‘chaning yaroqsiz holga kelib qolgani, yo‘lning ta’mirtalabligi va bu holat aholi harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

🔘Mazkur murojaatni qisqa muddatlarda hal etish, yo‘lni ta’mirlash ishlarini dasturlarga kiritish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.