Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING HAFTALIK ISH REJASI (13-17-APREL)
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi — taraqqiyot garovi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
Deputat “Yangiro‘zg‘or”da yangi bino qurish tashabbusi bilan chiqdi.
янв.21
Uzun tumani FHDYo bo‘limi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali amaliy hamkorlik va ijobiy yechim
янв.21
Deputat faoliyati: Muammolar joyida o'rganilmoqda
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi 17-Zarafshon saylov okrugi deputati Xamrayeva Dilnoz Xasanovna tomonidan umumta’lim maktablari oshxonasi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktab oshxonalarining gigiyena va sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yetarliligi, shuningdek, oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayoniga rioya qilinayotgan me’yorlar atroflicha tahlil qilindi. Deputat maktab oshxonalarida sog‘lom ovqatlanish talablariga amal qilinishini va o‘quvchilarga sifatli taomlar yetkazilishini tekshirdi.

Aniqlanishicha, oshxonalar umumiy holati qoniqarli bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda ta’minlangan, ammo ba’zi joylarda jihozlar eskirganligi va texnik xizmat ko‘rsatish zarurligi aniqlangan. Shu munosabat bilan, oshxonalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, sanitariya qoidalarini kuchaytirish va oshpazlarning malakasini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2