#Doimiy_komissiya_faoliyati#
✅Bugun, 27-mart kuni Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅Yig‘ilish kun tartibida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2025-yil davomida mahalliy budjet daromadlari bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash hamda soliq intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
✅Hisobotda quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratildi:
✅Budjet prognozlarining ijrosi: 2025-yil davomida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida belgilangan rejalarning amaldagi ijrosi tahlil qilindi.
✅Soliq turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar: Budjetga hisoblangan va amalda undirilgan mablag‘lar o‘rtasidagi farqlar, soliq qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar hisobotda aks etdi.
✅Qo‘shimcha rezervlarni aniqlash: Tumanda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va "yashirin iqtisodiyot"ga barham berish orqali budjetga qo‘shimcha tushumlarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan xatlov ishlari natijalari ko‘rib chiqildi.
✅Solig‘ tushumlari tahlili: Qaysi sohalarda o‘sish kuzatilgani va qaysi yo‘nalishlarda imkoniyatlar to‘liq ishga solinmaganligi tanqidiy muhokama qilindi.
✅Eslatib o‘tamiz: Mazkur komissiya qarorlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi va yakuniy qaror qabul qilinishi belgilangan.