Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Янгилик

Saylov okrugidagi murojaatlar sayyor qabulda ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 4-mart kuni Namangan tuman 5-Qiyo saylov okrugi deputati Z.Isaqova tomonidan Tepa Qiyot hududi aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi rejalar haqida axborot berildi.

Fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. Barcha masalalar deputat nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga yuborish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar belgilandi.

Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tdi.

Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashi matbuoti xizmati

Slide 1 of 4