Mahalla yettiligi: Faoliyat va natija
Deputat "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalari asosida: "Bahoriston" MFYdagi "yettilik" faoliyati o‘rganildi.
Tuman Kengashi deputati A.Bakiyev hamda Kengash kotibiyati xodimlari o‘zaro hamkorlikda "Bahoriston" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
"Mahalla yettiligi"ning o‘zaro muvofiqlashgan faoliyati;
Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi;
"Temir", "Ayollar" va "Yoshlar" daftarlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish choralari.
Deputat A.Bakiyev mahalla faollari bilan muloqot qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi o‘rganishlar tumanning barcha okruglarida davom etmoqda.