Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari tuman Kengashi18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva mahallada “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda maishiy muammolari tinglandi. 

Fuqarolar tomonidan ko'tarilgan murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga so‘rov va tavsiyalar berildi.

Deputat va “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning dardu tashvishlarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1