Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi 5-Seplon saylov okrugi deputati M. Narbasheva hamda Sherobod tumani Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova tomonidan Sherobod tumanining “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur hududda Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun 540 o‘rinli yangi bino qurilishi rejalashtirilgan.

👥 Deputatlar loyiha hujjatlari va tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishib, qurilish ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📌 Ushbu loyiha hududda ta’lim infratuzilmasini mustahkamlash, yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda qishloq joylarini kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.

🔎 Nazorat ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 5