Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Uzun tumanidagi "Oqostona" ziyoratgohi sharoitlari o‘rganildi

Uzun tumanidagi "Oqostona" ziyoratgohi sharoitlari o‘rganildi

➡️Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari hamda Qonunchilik palatasi deputati G.Samiyeva hamkorlikda Uzun tumani Oqostona mahallasida joylashgan "Oqostona" ziyoratgohida bo‘lib, ziyoratchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

➡️Tashrif davomida ziyoratgoh hududidagi obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati, infratuzilma va keluvchilarga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ziyoratchilar oqimini munosib tashkil etish, hududni yanada ko‘rkamlashtirish va muqaddas maskanni asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi.

➡️Deputatlar tomonidan mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ziyoratgoh sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.