Qabristonlar — bu o‘tganlar xotirasi, ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom ramzidir. Ularning obod va ozoda saqlanishi har birimiz uchun ham ma’naviy, ham fuqarolik burchidir. Bugun tumanimiz hududidagi qabristonlar holatini yaxshilash, tartibga solish va doimiy parvarishlash ishlari xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Aliyev tomonidan nazoratga olingan.
Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida:
Hududlarni tozalash va chiqindilardan xoli etish;
Ichki yo‘laklarni tartibga keltirish;
Qurib qolgan daraxtlarni bartaraf etib, yangi ko‘chat ekish;
Devor va kirish qismlarini ta’mirlash;
Suv ta’minoti va obodonlashtirish masalalarini hal etish chorasi ko‘rilmoqda.
Deputat nazorati bu ish tizimli va sifatli amalga oshirilishini ta’minlab, mas’ul tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qilmoqda. Muammo joyiga chiqib o‘rganilib, amaliy yechimlar belgilanmoqda.
Qabristonlarning obodligi — bu jamiyat ma’naviyati darajasi ko‘rsatkichi.