Besh Bola MFY hududida joylashgan Besh Bola jomi’ masjidi imomi Abduraxmonov Ilyosxuja tashabbusi bilan Besh Bola va Birlik qabristonida hashar ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar birlashib, qabriston hududini obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash ishlarini amalga oshirishmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, ushbu xayrli tadbirga xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turdiyev shaxsan bosh-qosh bo‘lib, faol ishtirok etmoqda. Bu esa jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda ishlash, xalq manfaatlariga xizmat qilishning yorqin namunasidir
Hashar — bu nafaqat obodonlashtirish, balki birdamlik, hamjihatlik va ezgulik ramzidir. Barchani ushbu savobli ishlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.