Zarbdor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 13-Adirobod saylov okrugi deputati S.Keldibekova hamda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Xolmurzayeva ishtirok etdi. Uchrashuv yuqori sinf o‘quvchi-qizlari va ularning onalari bilan “Erta turmush”, “Erta nikoh” hamda “Erta tug‘ruq” mavzularida o‘tkazildi. Tadbirda mahalla xotin-qizlar faoli, inspektor-psixolog, maktab amaliyotchi psixologi hamda maktab hamshiralari ham qatnashib, erta nikoh va erta tug‘ruqning salbiy ijtimoiy, tibbiy hamda huquqiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib bordilar. Tadbirning asosiy maqsadi — yosh qizlarni erta turmush va erta tug‘ruq kabi salbiy holatlardan ogohlantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda odob-axloq qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.