Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash raisining bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
Fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi

  Dehqonobod tuman “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Tog‘ayev Islom, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘ulom Xo‘jamqulov bilan birgalikda Davlat xizmatlari binosida Do‘stlik va Istiqlol mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida “Madad” guruhi mutaxassisi I.Tog‘ayev tomonidan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, amaldagi qonunchilik normalari va huquqiy tushunchalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savol-javob tarzida muloqot tashkil etildi. 

Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi faoliyati doirasida “Madad”nodavlat notijorat tashkiloti bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash hamda aholining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. 

Hamkorlik doirasida sayyor qabullar, huquqiy targ‘ibot tadbirlari va amaliy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Aholining muammolari o‘rganilib, ularga qonunchilik asosida huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Bu kabi hamkorlik ishlari tuman Kengashi faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Kelgusida ham fuqarolar manfaatini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan holda o‘zaro hamkorlik yanada kengaytiriladi. 

Uchrashuv yakunida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga huquqiy asoslangan va batafsil javob olganlaridan mamnun
ekanliklarini bildirdilar.
  

Slide 1 of 9