Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda

«Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda»

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining 18-“Oqostona” saylov okrugidan saylangan deputat A.Kamolov o‘z saylov okrugidagi "Saxovat" MFYsida fuqorolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulda aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Mahallada joylashgan 48-sonli umumta'lim maktabida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, issiqlik bilan ta’minlanish masalalari hamda maktabda mavjud muammolarni o‘rgandi. Mazkur masalalarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilar bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputat tomonidan yuqoridagi masalalar yechimi yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga deputatlik so'rovi yuborilib, deputatlik nazorati o'rnatildi.                                                                        

Slide 1 of 1