Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash raisining bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
“Karmaki” mahallasida tadbirkorlik va yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi

“Karmaki” mahallasida tadbirkorlik va yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi 

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri - K.Muhammadiyev va Kengash deputati - B.Mo‘minovlar tomonidan “Karmaki” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi O.Murodov tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishi;

o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun belgilangan mezonlarga asosan subsidiyalarni to‘g‘ri ajratish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari maxsus platformasida ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek “Karmaki” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Ismat Abdujabborov tomonidan mahallada «Yoshlar daftari»ga kiritilgan professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining to‘lab berilishi hamda yoshlarning ishga joylashishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirgan ishlari ko‘rib chiqildi.

 Mazkur o'rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 - 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqadida Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish reja jadvaliga muvofiq “Karmaki” MFYdagi 33-son maktabni rekonstruksiya qilish (mavjud 110 o‘rinli bino o‘rnida 120 o‘rinli o‘quv bino qurish) borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mazkur maktabning 2023-yilda qurib foydalanishga topshirilgan o'quv binosida tahsil olayotgan bitiruvchi sinf o'quchilari bilan yaqindan suhbat olib borildi.

 Suhbat davomida o'quvchilarning kelajakdagi reja va maqsadlari tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 6