Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Mahalla faoliyati deputat e’tiborida
✨ Hududda yana bir samarali tashabbus!

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Xudoyberganova Gulpashsho o‘z hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida fuqaro SH.Boyzoqova tomonidan yo‘lga qo‘yilgan tikuvchilik faoliyati bilan tanishildi. Mazkur tashabbus bugungi kunda nafaqat oilaviy daromad manbai, balki aholi bandligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutmoqda.

👩‍🧵 Hozirda ushbu faoliyat doirasida jami 10 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan:

🔹 5 nafar xodim qo‘l mehnatiga asoslangan bezak ishlari bilan shug‘ullanmoqda;

🔹 5 nafar xodim esa bichish va tikish jarayonlarida faoliyat olib bormoqda.

Mazkur ish o‘rinlari, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunarini rivojlantirish va oilaviy daromadni oshirishga xizmat qilmoqda.

Bunday tashabbuslar hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6