Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Mahalla faoliyati deputat e’tiborida
Deputat T.Berdiyev “Nurli kelajak” mahallasida

🚰Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda mahalla faollari va fuqarolar hududdagi eng og‘riqli masala — ichimlik suvi bilan bog‘liq isrofgarchiliklarni o‘rtaga tashladilar. Mahallaning Qaldirg‘och ko‘chasida ishlamay turgan suv nasosining quvuri (trubasi) yorilib ketganligi sababli, toza ichimlik suvi behuda oqib yotgani hamda Gulshan ko‘chasida 3v va 5v-sonli ikki qavatli uylar oralig‘ida ham ichimlik suvi quvurlaridagi nosozlik tufayli suv isrof bo‘layotgani qattiq e’tirozlarga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

📝 Deputat T.Berdiyev tomonidan barcha murojaatlar alohida nazoratga olindi. Muammolarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi.

📎 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish va mahallalardagi holatni o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.