Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Mahalla faoliyati deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi va Adliya bo‘limi: qarorlar sifatini oshirish yo‘lida hamkorlik

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i D.Ubaydullayev ishtirokida qaror loyihalarini qonunchilik talablariga muvofiq, aniq va puxta shakllantirish masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengash tomonidan ishlab chiqilayotgan qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, ularni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga moslashtirish va huquqiy xatolarning oldini olish bo‘yicha hamkorlik mexanizmi kelishib olindi. Kelishuvga ko‘ra, deputatlar tomonidan tayyorlanadigan qaror loyihalari tuman Adliya bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilib, huquqiy xulosa va amaliy tavsiyalar beriladi. Bu esa hujjatlarning mazmunan asosli, huquqiy jihatdan to‘liq va ijro uchun qulay bo‘lishini ta’minlaydi.

Shuningdek, qarorlar qabul qilinishidan oldin ularning qonunchilikka muvofiqligini ta’minlash, kelgusida turli talqin va tushunmovchiliklarning oldini olish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida mazkur hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish, muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazib borish va qarorlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu mexanizm Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, hududda qonuniylikni ta’minlash hamda qabul qilinayotgan qarorlarning barqaror va amaliy ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4