Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Mahalla faoliyati deputat e’tiborida
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi

 Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi doimiy komissiyalari
raislarining navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar
va qonunchilikdagi yangiliklarni, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda, aholi
o‘rtasida targ‘ibotini kuchaytirish, ularning ijtimoiy va huquqiy savodxonligini
oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda komissiya raislari tomonidan ushbu masalalar
bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi, jumladan: 

aholi o‘rtasida Prezident murojaatnomasi mazmunini
keng yoritish va tushuntirish ishlarini olib borishni jadallashtirish; 

Senatning yalpi majlisda ko‘rib chiqilgan qonun
va tashabbuslarni aholiga tushunarli tarzda yetkazish; 

mahallada jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar
yig‘ini va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlarini
tashkil qilish. 

Yig‘ilish yakunida komissiyalar rahbarlari aholi
bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, uchrashuv va seminarlarda faol ishtirok etish
orqali bu vazifalarni samarali amalga oshirishga qaratilgan rejalarini taqdim etdilar.  

Slide 1 of 4