Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Mahalla faoliyati deputat e’tiborida
“Bugunning tadbirkor ayoli” — mahalladan boshlangan muvaffaqiyat

O‘ZLIDEP tomonidan izchil amalga oshirib kelinayotgan “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida Toyloq tuman Kengashi apparat rahbari Zoyirjon Ziyodullayev hamda tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova Adas mahallasida istiqomat qiluvchi faol tadbirkor ayol — Mavjuda Salimova xonadonida bo‘lishdi. 

📌Mazkur uchrashuvda mahallada xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etildi. 

 

 📌Mavjuda Salimova bugungi kunda ko‘rpa va ko‘rpacha astarlarini tikib, bozorga chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, mahalla fuqarolaridan tushayotgan buyurtmalar asosida tikuvchilik ishlarini ham samarali tashkil etgan. E’tiborli jihati shundaki, u o‘z tadbirkorlik faoliyatiga qizi va kelinini jalb etgan holda, oilaviy biznesni rivojlantirib kelmoqda. 

 

 📌Natijada, tadbirkor ayol o‘rtacha oyiga 5–6 million so‘m atrofida daromad olishga erishmoqda. Bu esa nafaqat oila farovonligini ta’minlamoqda, balki mahallada boshqa xotin-qizlar uchun ham ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. 

 

 📌Uchrashuv davomida ta’kidlanganidek, bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularga imtiyoz va yengilliklar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan Mavjuda opa kabi tadbirkorlar bu islohotlardan mamnun ekanini bildirishmoqda. 

 

 📌“Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi ayollarning o‘z salohiyatiga ishonishi, mehnati orqali oilasi va jamiyat farovonligiga hissa qo‘shishiga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Adas mahallasidan boshlangan bu kabi tashabbuslar yurtimizda ayollar tadbirkorligining yangi qirralarini ochib berayotgani shubhasiz. 

Tuman Kengashi deputati

N.Muminova

Slide 1 of 5