Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
MILLIY ARMIYA — ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI!
янв.21
Uzun tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabida Murojaatnoma yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
Uzun tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi yuzasidan

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning
Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi yuzasidan  

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi, ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Tashrif davomida, O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari Hatay viloyatida “O‘zbekiston turar joy majmuasining ochilishi va Istanbulda o‘zbek maktabining qurilishini boshlashga bag‘ishdangan” marosimda ishtirok etdilar. Bu ikki xalqning bir-biriga ko‘rsatayotgan yordami va insoniylik e’tirofi O‘zbekistonning turli yo‘nalishlardagi tashabbuslarining ahamiyatini yanada oshirdi. 

 Turkiyaning Hatay viloyatida yuz bergan zilzila, ko‘plab insonlarning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo’lib, uy-joylar, infratuzilma va iqtisodiyotga katta zarar yetkazdi. O‘zbekiston Prezidenti Hatay viloyatida zilziladan aziyat chekkan insonlar uchun Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekistonga taklif qilishi, chinakam insoniylik va do‘stlik ramziga aylandi. Bu tadbir, xalqlar o‘rtasidagi
ko‘p asrlik do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, hamkorlik va birgalikda qiyinchiliklarni yengishda muhim rol o‘ynaydi. 

 O‘zbekiston Prezidentining Hatay viloyatida zilziladan zarar ko‘rgan odamlarni O‘zbekistonga taklif qilishi, nafaqat gumanitar yordamning murakkab shart-sharoitlarda qanday amalga oshirilishiga, balki xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarning qanchalik chuqur va ahamiyatli ekanligiga ham e’tibor qaratadi. Navro‘z bayrami arafasida Turkiya xalqini O‘zbekistonda qabul qilish, ularga yangi umidlar va kelajakka ishonch ulashish maqsadidagi ibratli qadam bo‘ldi. 

 Bu tashrifning ahamiyati shundaki, u faqat iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmay, balki insonlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat va vafo ramziga aylandi. O‘zbekiston xalqining tarixiy va madaniy qadriyatlari, insonparvarlik va yordam ko‘rsatishni asosiy qimmatlaridan biri sifatida ko‘rilganligi sababli, bu tashrif ikki xalq o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi. Bu tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va insonparvarlikni mustahkamlashdagi muhim
qadam sifatida tarixda qoladi. 

https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman

  Kultayeva
Moxidil Nizomovna
 

Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi raisi   

Slide 1 of 1