Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
MILLIY ARMIYA — ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI!
янв.21
Uzun tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabida Murojaatnoma yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
Uzun tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Deputat nazorati — amaliy natija bilan.

Deputat nazorati — amaliy natija bilan.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Rustamjon Isakov tomonidan Namangan shahri Chorsu mahallasida joylashgan 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ayrim xonalardagi isitish jihozlarida kamchiliklar aniqlanib, masala joyidayoq nazoratga olindi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar jalb etilib, qisqa muddat ichida barcha muammolar bartaraf etildi. Natijada isitish tizimlari to‘liq ish holatiga keltirilib, bolajonlar uchun qulay va issiq muhit yaratildi.

Shuningdek, mazkur muassasani Investitsiya dasturi asosida mukammal ta’mirlash doirasida umumiy qiymati 6,0 mlrd so‘mlik, 150 o‘rinli yangi bino qurish rejalashtirilgan. Ayni paytda muassasada 2026-yil 13-yanvardan boshlab buzish ishlari amalga oshirilmoqda hamda yangi bino barpo etish uchun loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Rustamjon Isakov

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat

Slide 1 of 6