Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
MILLIY ARMIYA — ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI!
янв.21
Uzun tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabida Murojaatnoma yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
Uzun tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi "Inson" markazi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvlar doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho‘l tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar yuzasidan mas’ullar axborotini tingladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari asosida tashkil etilgan markaz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga manzilli va professional xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, voyaga yetmagan bolalar, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar doimiy e’tiborda.

O‘tgan davr mobaynida markazga minglab murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning asosiy qismi ijobiy hal etildi. Ijtimoiy xodimlar tomonidan o‘nlab mahallalarda ijtimoiy ish (keyslar) yuritilib, fuqarolarga huquqiy, psixologik, tibbiy-ijtimoiy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ularning bandligini ta’minlash, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, yolg‘iz yashovchi keksalar bilan manzilli ishlash yo‘nalishida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy to‘lovlar orqali minglab oilalarga milliardlab so‘m miqdorida nafaqa va moddiy yordamlar yetkazildi.

Markaz huzurida tashkil etilgan bepul psixologik xizmat orqali fuqarolarga muntazam ruhiy yordam ko‘rsatilib, ayniqsa tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tashrif davomida deputat tomonidan markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va aholiga yanada yaqin ishlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6