Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
MILLIY ARMIYA — ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI!
янв.21
Uzun tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabida Murojaatnoma yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
Uzun tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Deputat faoliyatidan

 Prezidentimiz Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan targ`ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, maqsad va yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Parkent tumani “Istiqbol” va “Mozorxoji”mahallalarida “Ma’naviyat karvoni” doirasida muloqot uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna hamda tuman Kengashida o`zining namunali deputatlik faoliyatini olib borgan Xalq ta`limi a`lochisi, professor To`qsonov Qutpiddin Najimovichlar ishtirok etdi. Mazkur tadbirlarda Murojaatnomada ilgari surilgan muhim tashabbuslar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson qadrini ulug‘lash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, ta’lim va madaniyat sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar atroflicha tushuntirildi. Shuningdek “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, maqsad va yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi, taklif va mulohazalar tinglandi. 

Slide 1 of 7