"Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.
▶️“Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri doirasida Chilonzor tumanida deputatlar hamda mahalla “yettiligi” a’zolari tomonidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
▶️Xususan, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati D. Isxakov “Xalqlar do‘stligi” mahallasida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida ro‘yxatga olish jarayonlari bilan tanishdi.
▶️Tadbir jarayonida deputat tomonidan mazkur ro‘yxatga olishning ahamiyati, uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda muhim axborot manbai ekani yuzasidan fuqarolarga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.