Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Mahalla faoliyati deputat e’tiborida
Deputat tashabbusi bilan Samarqand tumani 11-maktab yo‘laklari va hovlisi asfaltlashtirildi

Deputat tashabbusi bilan Samarqand tumani 11-maktab yo‘laklari va hovlisi asfaltlashtirildi

Samarqand tumanidagi 50-Do‘stlik saylov okrugi tarkibiga kiruvchi Navbog‘ mahalla faollari hamda 11-umumta’lim maktabi direktori bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida aholi tomonidan bir qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, 1978 yilda qurilgan va bugungi kunda 736 nafar o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab hovlisidagi yo‘laklar ta’mirtalab holatda ekani ta’kidlandi.

Ma’lumki, maktab 2018-yilda kapital ta’mirdan chiqarilib, tom qismi, issiqlik va elektr tizimlari to‘liq yangilangan. Biroq hovlidagi yo‘laklar ta’mirlanmagani sababli o‘quvchilar harakatida noqulayliklar mavjud edi.

50-Do‘stlik saylov okrugidan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat, tadbirkor Mizrob Tashov masalani ishchi guruh bilan birgalikda joyida o‘rganib chiqdi. Ushbu murojaat yuzasidan Samarqand tumani hokimi S. Usmanov nomiga deputat so‘rovi kiritildi. 

Natijada, deputat Mizrob Tashov tomonidan asfalt olib berilib, maktab hovlisidagi yo‘laklar va kirish qismi to‘liq asfaltlashtirildi. Olib borilgan amaliy ishlar qisqa muddatda yakunlanib, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratildi.

Maktab jamoasi hamda mahalla aholisi mazkur ezgu tashabbus va amaliy yordam uchun deputatga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

 @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 9