Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqgan holda o'rganilmoqda
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Mahalla faoliyati deputat e’tiborida
TA’LIM VA INFRATUZILMA MASALALARI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

TA’LIM VA INFRATUZILMA MASALALARI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Joriy yilning 24-yanvar kuni Peshku tumani 24-saylov okrugidan saylangan deputat Shoboyev Xislat Rahmatovich hamda Peshku tuman Kengashi kotibiyati mudiri Nurullayev Zavqiddin Zaripovichlar Guliston mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolarni o‘rganish maqsadida bordilar. 

Shuningdek, mahallada joylashgan 6-sonli va 34-sonli umumta’lim maktablari faoliyati o‘rganildi. Maktablardagi o‘quv xonalari, oshxona sharoiti, qish mavsumi uchun isitish tizimlarining holati, ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.  

Deputatlar o‘rganish davomida o‘qituvchilarning dars jarayonidagi faoliyati, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Maktab jamoalari hamda mahalla aholisi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mavjud muammolar muhokama qilindi va mahallada joylashgan elektr transformatorining nosoz holatda ekani aniqlanib, mazkur masala joyida o‘rganildi aniqlangan masalalar yuzasidan tuman elektr ta’minoti va qurilish sohasiga mas’ul bo‘limlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar kelishib olindi.  

Slide 1 of 7