Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
MILLIY ARMIYA — ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI!
янв.21
Uzun tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabida Murojaatnoma yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
Murojaatnoma – taraqqiyot yo‘lida muhim dastur
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
Uzun tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Deputat mahallada

 Tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida amaliy o‘rganish o‘tkazildi. 

Kelovchi okrug deputati Normurotov Ma’ruf hududdagi qishloq vrachlik punktida amaliy
o‘rganish ishlarini olib bordi. Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnika
bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va “shaffof navbat”
tartibining qay darajada yo‘lga qo‘yilgani atroflicha tahlil qilindi.
 

Deputat bemorlar bilan suhbatlashib, ularning murojaat va takliflarini o‘rgandi.
Ayniqsa, yosh onalar va keksalarga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordamning
o‘z vaqtida va sifatli bo‘lishi masalasi alohida kun tartibiga qo‘yildi.
Muassasa xodimlari bilan muloqot davomida ularning ish sharoiti hamda zarur
tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlik holati muhokama etildi.
 

Urganish yakuniga ko‘ra, bir qator kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga tibbiy xizmat
ko‘rsatish samaradorligini oshirish va punkt faoliyatini yanada yaxshilash
bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3