Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
O‘rganish ishlari olib borildi

2-Nizomiy saylov okrugiga tegishli hududda ayni paytda deputatlik o‘rni vakant hisoblanadi. Shu munosabat bilan yangi deputat saylangunga qadar mazkur hududdagi mahallalar faoliyatini o‘rganish hamda ular bilan ishlash vazifasi Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov zimmasiga yuklatilgan. Hozirda okrug tarkibidagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar jarayonida, Jo‘ra Mahmudov mahallasida xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Ismoilova Feruza tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan tizimli ishlar olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, mahallada 150 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar, 80 nafar ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar hamda davlat ta’minotida bo‘lgan 9 nafar yakka yolg‘iz fuqarolar bilan doimiy ravishda ishlanmoqda. Shuningdek, mahallada “qizil” toifaga kiritilgan 36 ta oila hamda “sariq” toifadagi 52 ta oila bilan manzilli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli Toshpo‘latova Nigora faoliyati ham o‘rganildi. O‘rganish natijasida mahallada 50 nafar ishsiz ayollar mavjudligi aniqlanib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, 13 nafar ayol kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan bo‘lib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli ishlar tashkil etilmoqda.

O‘rganishlar davomida mahalla mutasaddilari tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish borasida muayyan ishlar olib borilayotgani qayd etildi. 

Slide 1 of 4