Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Qonunchilik targ‘iboti

Maʼlumki, deputatlarning muhim vazifalaridan biri – qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ularning ijrosini nazorat qilish hamda joylarda samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashishdan iborat. Shu bois joylarda qonunchilik targ‘ibotini kuchaytirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va davlat organlari faoliyatida ochiqlik hamda shaffoflikni taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ana shu maqsadda o‘tkazilgan uchrashuvda qonunning asosiy maqsadi, ustuvor yo‘nalishlari va amaliy ahamiyati atroflicha yoritib berildi.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Raximov hamda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov va hudud deputati J.Rasulov tomonidan Azamat mahallasida joylashgan 9-son poliklinika jamoasi ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘RQ-419-son, 03.01.2017) Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida poliklinika rahbariyati hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida mazkur qonunning asosiy normalari, korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, xizmat faoliyatida halollik va masʼuliyat tamoyillariga rioya qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat va tibbiyot muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad – muassasa xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashishga faol jalb etish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda qonuniylik va adolat tamoyillarini yanada mustahkamlashdan iboratdir. 

Slide 1 of 3