Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi mamlakatimiz uchun muhim tarixiy voqea sifatida katta ahamiyatga ega.

 Yurtboshimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi minbaridan bildirgan nutqida gender siyosatini rivojlantirishga
alohida urg‘u berdi. Bu bejiz emas, chunki ayollarning jamiyatdagi faolligi, ularning salohiyatidan to‘liq foydalanish – xalq farovonligi va yurtimiz taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi.

Gender tengligi — adolat, barqaror rivojlanish va har bir insonning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish demakdir.
Ayollar va erkaklar imkoniyatlarining tengligi ta’minlangan jamiyatda ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiy taraqqiyot va siyosiy barqarorlik yuqori pog‘onalarga ko‘tariladi.

Shu boisdan, davlatimiz rahbarining bu yo‘nalishdagi tashabbuslari nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida e’tirofga sazovor. Gender siyosatini izchil amalga oshirish orqali xalqimiz farovon hayot kechirish, farzandlarimiz uchun ravshan kelajak yaratish imkoniyati yanada kengayadi.  

Ismailova Soxiba Abduganiyevna, xalq deputatlari To‘rto‘l tuman Kengashi deputati