O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati G.Abramatova hamda xalq deputatalari shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov ishtirokida Termiz shahar “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab yig‘ilishda deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.
Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi. Shundindek, mahalladagi mavjud muammolar deputatlar hamda mahalla faollari tomonidan joyiga borgan holda o‘rganildi.