Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman kengashi raisi Baxrom Maxmatrayemov tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga
qarashli umumta’lim muassasalari maktab psixologlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida ularga tumanimizning boy tarixi, ma’naviy qadriyatlari va zamonaviy rivojlanish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv tumandagi ma’naviyat sektori tashabbusi bilan tashkil etilgan "Oltinsoy tarixi va iftixori" ma’naviyat maskanida o‘tdi. Ushbu maskanda buyuk tarixiy shaxslarimiz — jumladan, Sohibqiron Amir Temur bobomizning "Kuch — adolatda!", jadidchilik harakati peshqadamlarining suratlari, taniqli allomalar va vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shgan faxriylarimiz haqidagi ma’lumotlar hamda suratlar joy olgan.
Mazkur tadbirda tumanimiz faxriylari, hayot yo‘li va faoliyati bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan nuroniylar ham ishtirok etib, ta’lim muassasalari psixologlariga shaxsan tanishtirildi. Ularning bilim, tajriba va hayotiy falsafasa haqidagi o‘gitlari o‘quv-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Bu kabi uchrashuvlar ta’lim tizimi psixologlari va yosh avlod vakillari qalbida ona-Vatanga muhabbat, tarixga ehtirom, milliy o‘zlik va iftixor tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Oltinsoy tumani Kengash kotibiyati axborot xizmati
✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati