Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#Fikr

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning AQShning Nyu-York shahriga muhim amaliy tashrifini
chuqur hurmat va qalbimda yuksak iftixor bilan kuzatib bormoqdaman. Uning global
hamkorlik ramzi hisoblangan bu uchrashuvi O‘zbekistonning jahon miqyosida tobora
ko‘proq namoyon bo‘layotganidan dalolatdir. 

Bu tashrif shunchaki diplomatik sayohat emas: balki bu
mamlakatimiz tanlagan strategik yo‘nalishning belgisidir. Global tashabbuslarda
ishtirok etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish O‘zbekiston
uchun yangi ufqlarni ochadi. 

Ushbu tashrif samarali kelishuvlar, rivojlangan sheriklik
va O‘zbekiston uchun jahon xaritasida yanada mustahkam obro‘ olib kelsin, o‘zbekning
ovozi mag‘rur jaranglasin! 

Men tuman xotin-qizlar faoli sifatida ushbu tashabbus va takliflarni amalga
oshirishda faol ishtirok etishga tayyorman. Biz uchun adolat va taraqqiyot tamoyillari
– mamlakatimizning kelajakdagi muvaffaqiyati kafolatidir.  

Hurmat bilan Abduraxmanova Nafisa Alimovna. Taxiatosh tumani
"Keneges" OFY xotin-qizlar faoli, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati 

Slide 1 of 1