Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#Jarayon

#Jarayon

 Bitiruvchilar bandligini ta’minlash—doimiy e’tibordagi masala.

Viloyat hokimligida joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, Xotin-qizlar, madaniyat va sport masalari qo‘mitasida doimiy asosada ishlovchi senator Malika Qodirxonova, viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, universitetlar mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda bugungi kunda yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va hayotga mustaqil qadam qo‘yishlarida zarur sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek,  oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash yo‘nalishida viloyatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3