Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
Deputat “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari joylarda o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-sessiyasi bo’lib o’tdi.
янв.21
Surxondaryoda bitiruvchi yoshlar uchun biznes marafon oʻtkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi xalqlar manfaatiga qaratilgan yangi davrni boshlab bermoqda
MUNOSABAT

 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev
hamrohligida Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrifi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi mustahkam aloqalarning yana bir yorqin dalilidir.
 

G‘ozg‘on shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati sifatida, ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga
asoslangan munosabatlarning yuksak darajada ekanligini yana bir bor tasdiqlashini alohida ta’kidlamoqchiman.
 

Ag‘dam shahrining tarixiy-me’moriy obidasi bo‘lgan “Imorat” majmuasiga tashrif, O‘zbekiston rahbarining Ozarbayjon madaniyati va tarixiga bo‘lgan hurmatini ifoda etadi.
Bu, shuningdek, O‘zbekistonning Ozarbayjonning o‘z hududlarini qayta tiklash va obodonlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashining ramziy ifodasidir.
 

Sammit doirasidagi ushbu tashrif, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-sotiqni rivojlantirish va qo‘shma
investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ishonamanki, ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi va xalqlarimizning farovonligiga xizmat qiladi. 

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Hojiyev Farxod Yusupovich